MyDX: Davlat xizmatchisi icon

MyDX: Davlat xizmatchisi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI

5.0

store rating

Free

About MyDX: Davlat xizmatchisi

"Davlat xizmatchisi" mobil ilovasi — davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirish, inson kapitali salohiyatini rivojlantirish va tezkor hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan raqamli platforma.

Ilovaning asosiy maqsadi — davlat xizmatida samarali va shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish orqali xodimlar malakasi va ish unumdorligini oshirishdir. Foydalanuvchilar ilova orqali bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, test sinovlarida ishtirok etish hamda o‘z shaxsiy maʼlumotlarini boshqarish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, xizmatchining diplomi, ish joyi, lavozimi va mehnat staji kabi muhim maʼlumotlar ilova orqali ko‘rsatilib, doimiy yangilanib boradi.

Ilova, davlat organlari xodimlari o‘rtasidagi samarali aloqalarni mustahkamlash uchun kontakt maʼlumotlari bazasini shakllantirish imkonini ham beradi. Shu orqali o‘zaro hamkorlik, kadrlar salohiyati va raqamli boshqaruv imkoniyatlari kengayadi. Ilovada axborot xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

"Davlat xizmatchisi" — davlat xizmatiga ishonchli oyna. Ilovani yuklab oling va zamonaviy davlat xizmati tizimi bilan yaqindan tanishing.
More from O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI
Similar to MyDX: Davlat xizmatchisi
More from O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI

©2023 Verdant Labs LLC. All rights reserved.

Privacy PolicyContact